Yusuf Islom: “Insonlar qashshoq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi”

1 daqiqa o'qish3.1K
Yusuf Islom: “Insonlar qashshoq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi”
Britaniyalik taniqli santʼatkor Yusuf Islom “Anadolu” agentligiga bergan intevyusida oʻzi asos solgan “Tinchlik poyezdi” nomli xayriya tashkiloti haqida gapirib berdi.

Uning fikriga koʻra, dunyoning bir qator mamlakatlarida davom etayotgan norozilik namoyishlarining aksariga ishsizlik va qashshoqlik sababchidir.

“Dunyo aholisining bir foizi butun boyliklarning yarmiga ega, shu tufayli insonlar norozi ekaniga guvoh boʻlyapmiz. Buning sababi – tengsizlik. Tinchlik esa ana shu norozilik va tengsizlikning boʻlmasligidir. Insonlar qashshoq ekan, uylari va yegani ovqatlari yoʻq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi. Tinchlik – tenglikni taʼminlashning tamallaridan biridir”, – dedi Yusuf Islom.

U “Tinchlik poyezdi” nomli xayriya loyihasi doirasida dunyoning turli nuqtalaridagi ehtiyojmandlarga yordam joʻnatishayotganini aytdi.

“Men nasroniy oʻlaroq voyaga yetganman, nasroniylar ham xayriya ishlariga moyil boʻladi. Ayniqsa, Mavlid arafasida xayriyalar koʻpayganini koʻrasiz. Lekin musulmon boʻlgandan keyin koʻrdimki, bu faqatgina koʻngilli ravishda qilinadigan ish emas, balki qilishimiz kerak boʻlgan ish, ijtimoiy tizimning bir parchasi. Islomda xayr ishlarining alohida oʻrni bor”, – dedi Yusuf Islom.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?