Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Perkvazi shaharchasida yashaydigan 70 yoshli Suxpal Singx Baidi o‘ziga qarashli yerni masjid qurilishi uchun in’om qildi.
Chicago Morning Star nashrining yozishicha, Baidi aslida sikx diniga e’tiqod qiladi. Ammo bu uning 900 kvadrat metrlik yerdan musulmonlarning foydasiga voz kechishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu yerda tez orada masjid qurilishi boshlanadi.
Baidi bu amali orqali tinchlik va diniy hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Perkvazilik doktor Sandip Varma sikxlar jamoasi katta qadam tashlaganini va o‘zi ham masjid qurilishi uchun mablag‘ xayriya qilishini aytdi.
Perkvazi shaharchasida musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq shaharcha joylashgan Muzaffarnagar tumanida diniy mojarolar kuzatib turiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi