date
views 2 782

Napoleon Bonapartning etigi 117 ming yevroga sotildi

Napoleon Bonapartning etigi 117 ming yevroga sotildi
Fransuz imperatori Napoleon Bonapartga tegishli bo‘lgan etik Parijdagi auksionda 117 ming yevroga sotildi. Bu haqda Drouot auksion uyi ma’lum qildi.
Etik dastlab 50-80 ming yevroga baholangan.

Drouot’da ma’lum qilinishicha, Napoleon ushbu etikni Muqaddas Yelena oroliga oxirgi surguni vaqtida kiygan. So‘ngra ushbu etik Napoleon haykalini yaratish ustida ishlagan haykaltarosh Karlo Marochettiga berilgan. Marochetti esa uni senator Pol Le Ruga sovg‘a qilgan va shundan keyin etik senator oilasida saqlab kelingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Napoleon Bonapartning etigi 117 ming yevroga sotildi