12:13 / 02.12.2019
3 766

Xoʻrandalar 22,5 km.dan ishga piyoda qatnayotgan ofitsiant qizga mashina sovgʻa qilishdi

Xoʻrandalar 22,5 km.dan ishga piyoda qatnayotgan ofitsiant qizga mashina sovgʻa qilishdi
Foto: ABC 13
Galveston (Texas shtati, AQSH) shahridagi oshxona xoʻrandalari besh soat vaqti yoʻlda oʻtib ketayotgan ofitsiant qizga avtomobil sovgʻa qilishdi, deb yozmoqda “Lenta.ru”.

Adrianna Edvards har tong uydan chiqib, ishga yetib olish uchun naq 22,5 kilometrni yayov bosib oʻtardi, kechqurun yana shu taxlit ortiga qaytardi. Xullas, besh soati yoʻlda oʻtib ketardi. Mashina olaman deb pul yigʻsa-da, boshqa toʻlovlar ham bor, qolaversa, kiyim-bosh, yeb-ichishdan orttira olmayotgandi.

Odatdagi kunlarning birida u bir erkak va ayol xoʻrandaga xizmat koʻrsatdi. Bular ofitsiant qizning uzoq yoʻldan qiynalib ishga kelib ketishi haqida tasodifan eshitib qolishibdi. Nonushta qilib boʻlib, indamay chiqib ketishdi, bir-ikki soatdan keyin esa syurpriz bilan qaytib kelishdi.

2011-yilda chiqqan “Nissan Sentra”ni avtodoʻkondan sotib olishibdi. Edvards avvaliga bir hazildir-da degan gumonga bordi, ammo haligi xoʻrandalarga qarab, ularning niyati jiddiyligini tushundi.
Mana endi Adrianna ham mashinali — yarim soatda ishga yetib keladi. Xoʻrandalarning saxovati bahona endi kollejda oʻqishni ham tezlatmoqchi.

Bechora qiz haligacha baxtiga ishonmaydi, mashina joyida turibdimi-yoʻqmi, deb har ikki soatda derazadan qarab keladi.
Saxovatli insonlar kimliklarini aytishmabdi. Faqat imkoniyati tugʻilsa, oʻziyam kimgadir yaxshilik qilishini soʻrashibdi, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xoʻrandalar 22,5 km.dan ishga piyoda qatnayotgan ofitsiant qizga mashina sovgʻa qilishdi