
Mamlakat ichki ishlar vaziri halok boʻlganlarni “fransuzlarni himoya qilish uchun jonini fido qilgan qahramonlar” sifatida olqishlamoqda.
Fransiya janubida kuchli suv toshqinida odamlarga yordam berish uchun qutqaruv vertolyoti bortidagi uchta ekipaj aʼzosi halok boʻlgan.
Kuchli boʻron natijasida Marsel va Sent-Tropesda olib borilayotgan qutqaruv missiyasi vaqtida radio aloqasi yoʻqoladi.
Bu holat yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

Oʻsha paytdagi qalin tuman va toʻxtovsiz yomgʻir bu achinarli holat uchun asosiy sabablardan biridir.
Chunki bu ikki omil tufayli transport vositalari harakati toʻxtab qolgan.
Politsiya Marselning shimolidagi hududlarni yaxshilab tekshirishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar