Euromonitor International kompaniyasi mutaxassislari har yili sayyohlar orasida eng mashhur bo‘lgan shaharlar ilk yuztalik ro‘yxatini tuzadi. Bu yilgi reyting ham kompaniya saytida e’lon qilindi.
Dastlabki o‘rinni Gonkong egallagan. Yil oxiriga borib bu joyga tashrif buyurganlar soni 26.7 millionga yetishi kutilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda Tayland poytaxti Bangkok (25.8 million) hamda Xitoy tarkibidagi alohida boshqaruvdagi hudud Makao (20.6 million) egallagan. Shuningdek, birinchi beshlikni Singapur (19.7 million) va London (19.5 million) yakunlaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab sayyohlar oqimi o‘tgan yilgiga qaraganda 4.2 %ga oshgan. 2019 yil davomida jami 1.5 mlrd marotaba sayohatlar amalga oshirilgan. Shuningdek, bu sayohatlarning 47 %i ilk 100 talikdagi shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabrda Mastercard xalqaro to‘lovlar tizimining ma’lumotlariga asosan Osiyo-tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohdar tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum qilingan edi. Unda Bangkok birinchi pog‘onada edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi