Foto: 7 yulduzli Maran Palace mehmonxonasi
Turkiyada 2020 yildan boshlab sayyohlar mehmonxonada turganlik uchun 2 foizlik soliq to‘laydigan bo‘ldilar. Bunday me’yor Turkiya prezidenti tomonidan imzolangan qonunda ko‘zda tutilgan.
Diken portalining ma’lum qilishicha, qonun kuchga kirgandan keyin birinchi bosqichda, ya’ni 2020 yil aprelidan yil oxirigacha 1 foizlik soliq undiriladi. Mehmonxonalar bu soliqni mijozlarning hisoblarida qolgan soliqlar qatorida aks ettirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu soliqni yashash uchun joy taqdim qiladigan barcha ob’ektlar, jumladan mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmonxona uylari va kempinglar undirishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, qonun mehmonxonadagi ob’ektlar: ko‘ngilochar bog‘lar, akvabog‘lar, restoranlar va shu kabilarga taalluqli bo‘ladi.
Soliqdan talabalar yotoqxonalari, o‘quvchilar uchun pansionlar va dam olish uylari ozod qilinadi. Shuningdek, ushbu soliq xorijiy vakolatxonalar diplomatlari, diplomatik maqomga ega boshqa shaxslar, Anqara bilan soliqdan ozod qilish haqidagi kelishuvga ega xalqaro tashkilotlar xodimlaridan undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi