Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi

Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi
Foto: epa/vostock-photo
"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xabarga ko‘ra, oqsoqollar mahalliy mudofaa otryadi komandirlaridan birining janoza marosimiga kelgan bo‘lgan.

Fayzobod uyezdi boshlig‘i Alaf Shoh Attay qariyalar qabilalar oqsoqollari bo‘lganini va kuch tuzilmalariga hech qanday aloqalari bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Agentlikning qayd etishicha, mahalliy hokimiyat o‘g‘irlab ketilgan qariyalarni ozod qilish chorasini ko‘rmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar