
BMTning Falastinlik qochqinlarga ko‘mak agentligi (UNRWA) moddiy qiyinchiliklarga qaramay, faoliyatini yana 3 yil davom ettiradigan bo‘ldi.
“Yevronyus”ning xabar berishicha, BMT Bosh Assambleyada o‘tkazilgan ovoz berishda 169 davlat mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, Isroil va AQSh qarshi chiqdi, to‘qqiz mamlakat esa betaraf qoldi.
Shunday qilib, agentlikning G‘arbiy sohil, G‘azo, Quddus, Livan, Iordaniya va boshqa mamlakatlardagi falastinlik qochqinlarga yordam faoliyati 2023 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan bo‘ldi.
Mazkur agentlikning eng yirik moliyalashtiruvchi bo‘lgan AQSh 2018 yilning sentyabrida yordamini butkul to‘xtatib qo‘ygan edi. Shundag so‘ng UNRWA faoliyatida moddiy qiyinchiliklar yuzaga kela boshladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar