5 824
«Biz Nazarboyevning tiraniyasiga qarshi kurashishga tayyormiz» – Qozog‘istonda norozilik namoyishlari boshlandi (foto)
“Uyg‘on, Qozog‘iston!” harakati bugun mamlakatning mustaqillik kuni munosabati bilan Almati maydonida miting o‘tkazmoqda. Ular o‘z namoyishlarini bir daqiqalik sukut bilan boshladi.
“Biz, ”uyg‘on Qozog‘iston“ harakati mamlakatda siyosiy islohotlar bo‘lishi tarafdorimiz. Bugun tarixiy mustaqillik kuni, shu bilan birga motam va alamlar kuni. Biz maydonga o‘z huquq va erkinliklarimiz uchun kurashga tayyorligimizni bildirish uchun chiqdik. Biz Nazarboyevning tiraniya rejimiga qarshi kurashishga tayyormiz”- deya, namoyishchilarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Ca-news axborot agentligi.
ca-news.org
“Biz 2011 yilda otishma qurbonlari bo‘lgan Janaozendagi neft koni ishchilarini unutganimiz yo‘q. Shuningdek, siyosiy qurbonlar Zamanbek Nurqadilov va Altinbek Sarsenbayevlarni ham unutmadik. Biz bularni (qotilliklarni) sizlar qilganingizni bilamiz”, - degan namoyishchilar.
ca-news.org
Shuningdek, bugun mamlakat poytaxti Nursulton shahrida ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Almatidagi kabi 2011 yilda neft koni ishchilarini o‘ldirilishi va 1986 yildagi talabalarning namoyishlari kuch bilan bostirishida qurbon bo‘lganlarni eslashgan. Ularning ko‘pchiligi “yo‘qolsin tiraniya” deya, elboshi Nursulton Nazarboyevni hokimiyatdan butunlay ketishga chaqirgan.
ca-news.org
Namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun ularning oldiga chiqqan politsiyachilarga esa, "biz o‘zimizning huquqimizdan foydalanayotgan tinch xalqmiz, bizdan qo‘rqmanglar, xalqingizni eshitinglar,“- deyishmoqda.
ca-news.org
Shunga qaramay, Qozog‘iston poytaxtida 50 dan ortiq namoyishchilar qo‘lga olingani aytilmoqda.
ca-news.org
Bir necha kun avval, mamlakat Bosh prokurori o‘rinbosari fuqarolarni Mustaqillik kunida noqonuniy namoyishlarga chiqmaslikka chaqirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi