YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi

YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISYEF 2019 yil fotosurati tanlovi g‘olibini e’lon qildi. Tanlovda ishtirok etgan suratlar xalqaro tashkilot saytida joylashtirilgan.
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
1-o‘rinni nemis fotosuratchisi Xartmut Shvarsbaxning surati egallagan. Unda Manila ko‘rfazida plastik chiqindilarni yig‘ayotgan 13 yoshli filippinlik bola tasvirlangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu surat davrimizning uch fojiasini o‘zida aks ettirgan: nochorlik, atrof-muhitning ifloslanishi va bolalar mehnati.
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
2-o‘rinni avstraliyalik Endryu Kuilti afg‘onistonlik bolalar surati bilan egallagan. Surat Afg‘onistondagi urushning ayanchli oqibatlarini ko‘rsatib, unda bomba portlashi oqibatida yaralangan 7 bola tasvirlangan.
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
3-o‘rinni ispan fotosuratchisi Antonio Aragon Renunsioning Burkina-Fasoda oltin izlovchi bolalarning azob-uqubatlari aks etgan surati egallagan.
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi
YUNISYEF yil fotosuratini e’lon qildi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar