
Foto: © Artem Protsyuk/TASS
Moskva markazidagi Lubyanka tumanida noma’lum kishi otishma sodir qildi.
Rossiya FSBning jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs Katta Lubyanka ko‘chasidagi 12-uy oldida o‘q uzgan. Jabrlanganlar bor. Jinoyatchi zararsizlantirilgan, uning shaxsi aniqlanmoqda.
Katta Lubyanka hududida transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Merganning nima maqsadda bu ishga qo‘l urgani aniqmas.
Qayd etilishicha, otishmada FSBning bir xodimi halok bo‘lgan, yana besh kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.
Сейчас на #Лубянка pic.twitter.com/4lfa6RPt5r
— Mika (@SazonPRO) December 19, 2019
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar