
Turkiyaning turli shaharlarida Xitoyning Sharqiy Turkistondagi siyosatiga va inson huquqlari buzilishlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Nohukumat tashkilotlar tashabbusi bilan “Sassiz hayqirish” nomi ostida o‘tkazilgan namoyishlar juma namozidan keyin boshlandi. Sharqiy Turkiston bayrog‘ini ko‘targan minglab namoyishchilar uyg‘urlar bilan birdam ekanliklarini izhor qildi.
Turkiyadagi uyg‘urlarning aytishicha, Sharqiy Turkistonda taxminan 1300 ta konslager ochilgan bo‘lib, ularga “kasbiy ta’lim markazi” nomi berilgan. Bu lagerlarda assimilyatsiya ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Xitoydagi lagerlarda 1-2 million atrofida uyg‘urlar va boshqa musulmon xalqlar vakillari saqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar