date
views 2 863

BMT Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha: “Sud emas, parodiya”

BMT Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha: “Sud emas, parodiya”
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ekspertlari Saudiya Arabistonining besh fuqarosi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga mahkum etilganini tanqid ostiga oldi.
Sudsiz qatllar bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Anes Kalamar Saudiya Arabistonida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan sud jarayonini «sudga parodiya» deb atadi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa mustaqil va xolis tergov o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

Saudiya Arabistonida jurnalistni o‘ldirishda aybdor deb topilgan besh kishiga o‘lim jazosi tayinlangan, uch kishi esa jami 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Yana uch kishi, xususan, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining shaxsiy maslahatchi oqlandi.
«Xalqaro huquqqa ko‘ra, janob Qoshiqchining o‘ldirilishi sudsiz qatl hisoblanadi va buning uchun javobgarlik davlatning bo‘ynidadir, – deya yozdi Anes Kalamar Tvitterdagi sahifasida. – Ammo sud davlatni hatto javobgar deb o‘ylamadi ham”.

Jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘tgan yilning oktabrida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirib ketib, qaytib chiqmagan. U o‘sha yerda o‘ldirilgan, ammo jasadi topilmadi. Kalamarning aytishicha, Saudiya Arabistonidan kelgan 18 kishi 10 kundan oshiq vaqt davomida jinoyatning izlarini yashirish bilan shug‘ullangan.

“Sudlanganlar buyruqni bajarishganini bir necha bor aytishdi, – deydi Anes Kalamar. – Prokuror esa Jamol Qoshiqchini o‘g‘irlashni valiahd shahzodaning shaxsiy maslahatchisi Saud Kahtoniy talab qilganini ochiq-oydin aytdi. Biroq u ozodlikda”.

Shuningdek, maxsus ma’ruzachi konsullik binosini jinoyat joyiga aylantirishga ruxsat bergan konsulning ham oqlanganini tanqid qildi.
“Qotillikning ijrochilari jazolandi va o‘limga mahkum etildi. Buyurtmachilar esa shunchalik ozodlikda emas, tergov va sud ularni deyarli bezovta qilmadi. Bu odil sudlov tushunchasiga mutlaqo zid, sud ustidan kulishdir”, – deya yozdi Kalamar.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sudni Turkiya ham tanqid qildi. Turkiya bosh prokuraturasi Jamol Qoshiqchi avvaldan rejalashtirilgan qotillikning qurboniga aylanganini aytgan va Anqara aybdorlar Turkiyada sudlanishini talab qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha: “Sud emas, parodiya”