date
views 5 032

Rim papasi: “Nasroniy dunyosi endi yo‘q...”

Mavlid bayrami arafasida kardinallar bilan uchrashgan Rim papasi Fransisk endilikda nasroniy dunyosi qolmaganini va nasroniylashtirishning yangi yo‘llarini topish zarurligini aytgan. Bu haqda Angliyada chop etiluvchi The Tablet katolik nashri xabar bermoqda.

Papaning so‘zlariga qaraganda, cherkov madaniyatni ilgari surishda birinchilikni boy bergan va odamlar unga quloq solmay qo‘ygan.
«Ayniqsa Yevropada, shuningdek G‘arbning katta qismida nasroniylik endilikda insonlarning turmush tarzini belgilovchi omil emas. Ko‘pincha uni rad qilishmoqda va ustidan kulishmoqda”, – dedi Fransisk.

Papaning ta’kidlashicha, megapolislar aholisining «yangi nasroniylashtirish»ga ehtiyoji bor. O‘z navbatida u kardinallardan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni hamda diniy hayotda yangiliklar va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikni talab qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi: “Nasroniy dunyosi endi yo‘q...”