O‘tgan noyabr oyida Xitoy bosh vazirining o‘rinbosari Van Yanning ishtirokida diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida simpozium o‘tkazilgan. Unda Xitoydagi dinlar xitoy madaniyati va Kommunistik partiya doktrinalariga mos ravishda talqin etilishi zarurligi ta’kidlangan.
Le Figaro nashrining yozishicha, Xitoy hukumati asosiy diniy matnlar “yangi davr talablariga” muvofiq bo‘lishi kerakligini aytib, buning uchun diniy matnlarning tarjimalariga qo‘shimchalar kiritishni talab qilgan.
“Diniy adabiyotlarni har tomonlama baholash va kerak bo‘lsa, mos kelmaydigan matnlarni o‘zgartirish va ularni qaytadan tarjima qilish zarur”, – deyiladi simpoziumning rasmiy “Sinxua” agentligi e’lon qilgan hisobotida.
Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Ren Yanlining fikricha, mazkur simpozium Xitoy hukumatining dinlar ustidan nazorati tobora qat’iylashayotganini ko‘rsatadi. “Biroq Qur’on va Injil kabi diniy matnlarga aralashishga urinish ilk bor kuzatilmoqda”, – deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi