6 284
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik «qonundagi o‘g‘ri» Botir Buxarskiy Ukrainada qo‘lga tushdi
Foto: «Eg.ru». Botir Buxarskiy
Ukraina huquq-tartibot idoralari Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan «Botir Buxarskiy» laqabi bilan jinoyat olamida mashhur «qonundagi o‘g‘ri»ni Ispaniyaga esktraditsiya qildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Qonundagi o‘g‘ri» 2019 yil aprel oyida Ukrainaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan. Ukraina milliy politsiyasining Kiyev viloyati strategik tergov boshqarmasi ushbu harakatlarda boxabar bo‘lgan», — deyiladi ma’lumotda.
Botir Buxarskiy qayerda yashiringani aniqlangach uni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilib, bu haqda Yevropadagi huquq tartibot idoralariga xabar berilgan.
Foto: Sweden news platform
Ukraina politsiyasi xabariga ko‘ra, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Botir Buxarskiy 2017 yilda Ispaniyada jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U uyushgan jinoiy guruh tarkibida pul yuvish tuzilmalarida ishtirok etgan. Jinoyat yo‘li bilan o‘zlashtirilgan mablag‘lar ko‘chmas mulk xarid qilish orqali legallashtirilgan.
Botir Buxarskiy 1998 yilda Moskvada «Ded Hasan» homiyligida obro‘ orttirgan va «Yaponchik» laqabli Rossiya jinoyat olami «qonundagi o‘g‘ri»sining shogirdlaridan biri hisoblanardi.
Hibsga olingan 48 yoshli «avtoritet» xorijliklar vaqtinchalik saqlanadigan yerga olib kelingan. Botir Buxarskiy 24 dekabrda Ispaniyaga jo‘natilgan va ispan huquq-tartibot idoralari ixtiyoriga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi