10:10 / 28.12.2019
3 297

Qozog‘istonda politsiyachi samolyot qulagan joydan qutqarib olgan bolakay haqida ma’lumot berildi (video)

Qozog‘istonda politsiyachi samolyot qulagan joydan qutqarib olgan bolakay haqida ma’lumot berildi (video)
Foto: «Tengrinews»
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Kamaljan Nodirov samolyot qulagan yerda politsiya xodimi tomonidan qutqarib qolingan bolakayning holati haqida ma’lumot berdi. Bu haqda «Tengrinews» xabar qilgan.

«Hozirgina bolalar shifoxonasida bo‘lib qaytdik. U yerda 9 yoshli bolakayning holidan xabar oldik. Uning holati barqaror, qarindoshlar va yaqinlari ham shifoxonada», — deydi Nodirov.

Olmaota jamoat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Tilauxon Abildayevning aytishicha, boladan tashqari samolyotda uning ota-onasi va yana uch nafar aka-ukalari ham bo‘lgan.

«Bolani politsiyachi halokat joyidan qo‘lida ko‘tarib chiqib qutqargan. Bolalar 4 nafar edi, ular aka-ukalar. Hammasi bolalar shifoxonasida. Ularning ota-onasi og‘ir ahvolda va ayni vaqtda 4-shifoxonaga yotqizilgan», — deydi Abildayev.

Bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen Arujan Sain samolyot halokatidan keyin omon qolgan olti nafar bolaning jonlantirish bo‘limida ekani, yana uch nafar bola tezkor birinchi tibbiy yordam markazi bo‘limiga yotqizilganini ma’lum qilgan.

«Uch nafar bolaning oyog‘i singan, bir nafar qizaloqning ikkala oyog‘i singan – operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va u ham bo‘limda davolanmoqda. Bolalarning hammasi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, rentgen, UTT va bosh miya tomografik tekshiruvlari amalga oshiriligan. Ularda bosh miyaning yumshoq to‘qimalari lat yegani aniqlangan. Ikki nafar operatsiya qilingan qizaloqlardan tashqari hamma bolalarning holati barqaror. Qizlar jonlantirish bo‘limida medikamentoz uyqu holatida, ikkovi ham apparatlarsiz mustaqil nafas olmoqda. Ularning hayotiga o‘lim xavf solayotgani yo‘q», — deb yozga Sain Facebook’dagi sahifasida.

Avval ijtimoiy tarmoqlarda politsiya xodimining voqea joyidan bolakayni ehtiyot qilib olib chiqayotgan videosi tarqalgandi.

Keyinroq politsiyachi bolani samolyot halokatidan keyin jarohatlangan onasi qo‘lidan olganini bildirgan.

«U yerda oyog‘i ochiq holatda singan ayol yotardi. U o‘zini yig‘idan to‘xtata olmasdi. Menimcha ayol shok holatida edi. U o‘ng qo‘li jarohatlanagani tufayli chap qo‘li bilan bolasini bag‘riga bosib olgandi. Men unga qozoq tilida bolani olishim va tez yordam ixtiyoriga topshirishimni aytdim. Ayol ko‘zlarini ochib-yumib rozilik bildirdi va yana ho‘ngrab yig‘lay boshladi», — deydi Jaksilik Sultonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda politsiyachi samolyot qulagan joydan qutqarib olgan bolakay haqida ma’lumot berildi (video)