date
views 3 621

Malayziyadan boshpana so‘ragan uyg‘urlar Xitoyga qaytarib yuborilmaydi

Malayziyadan boshpana so‘ragan uyg‘urlar Xitoyga qaytarib yuborilmaydi
Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad boshpana so‘rab kelgan uyg‘urlar, hatto Xitoy so‘rov jo‘natgan taqdirda ham, Xitoyga ekstraditsiya qilinmasligini bildirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Mahathir Muhammad Malayziya parlamentida muxolifat partiyasining savollariga javob qaytarar ekan, Xitoyning Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarga bosimi va etnik ayirmachiligiga to‘xtalib o‘tdi.

“Dunyo miqyosida musulmonlarga, xususan, uyg‘urlarga bosim borligini hamma qabul qilishi kerak”, – dedi u. Bosh vazirning aytishicha, uyg‘urlar xavfsizlik vajidan boshqa mamlakatlarga ketyapti, agar ular Malayziyadan boshpana so‘raydigan bo‘lsa, hatto Xitoy qaytarilishlarini so‘rasa ham, ekstraditsiya qilinmaydi.

Malayziya bosh vaziri 18-21 dekabr kunlari Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan musulmon mamlakatlar sammitida ham uyg‘urlar masalasini ko‘targan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyadan boshpana so‘ragan uyg‘urlar Xitoyga qaytarib yuborilmaydi