15:08 / 30.12.2019
3 070

Bloomberg: Rossiya dunyodagi ta’sirini kuchaytira olganini Putinning asosiy xizmati

Bloomberg: Rossiya dunyodagi ta’sirini kuchaytira olganini Putinning asosiy xizmati
Foto: «TASS»
Bloomberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ushbu lavozimdagi 20 yillik faoliyati davomida erishgan natijalarini sanab o‘tdi.
Agentlik Rossiya kamtarona budjet bilan dunyodagi geosiyosiy ta’sirini kuchaytira olganini Putinning asosiy xizmati deb baholagan.

Xususan, Rossiya Putinning faoliyati davomida Xitoy bilan aloqalarni mustahkamladi, Qrimni qo‘shib oldi, Suriyadagi urushni bartaraf qildi, NATOga kiruvchi Turkiyaga S-400 zenit-raketa komplekslarini sotdi va Saudiya Arabistoni bilan neft va qurol-yarog‘ bo‘yicha yirik shartnomalar imzoladi.

Shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti Yevropa va AQSH sanksiyalari sharoitida muvozanatni saqlay oldi. Bloomberg mamlakat iqtisodiyotini «dunyodagi eng sog‘lom iqtisodiyotlardan biri» deb atadi.
Bundan tashqari, agentlik manbalariga ko‘ra, taqqoslaganda mudofaa sanoati uchun kam mablag‘ sarflasa ham Rossiya AQSHdan qurollanish borasida ustunlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloomberg: Rossiya dunyodagi ta’sirini kuchaytira olganini Putinning asosiy xizmati