date
views 2 894

“Xitoy yosh musulmonlarni internatlar orqali dinidan uzoqlashtiryapti”

“Xitoy yosh musulmonlarni internatlar orqali dinidan uzoqlashtiryapti”
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Sharqiy Turkistonda deyarli yarim million bola o‘z oilalaridan ajratilib, internatlarga joylashtirilgan. Xitoy hukumati kelgusi yilning oxiriga qadar hududdagi 800 ta aholi punktining har birida 1-2 tadan mana shunday maktab-internatlar ochishni rejalashtirgan.

New York Times gazetasining yozishicha, ushbu maktab-internatlarning maqsadi bolalarni kichik yoshdan boshlab ateistik va kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat.

Shuning uchun bunday muassasalarga faqat turkiyzabon, “ota-onasiz qolgan” (aslida ota-onasi hibsxonalarda saqlanayotgan) bolalar olib kelinmoqda.

Yaqinda Qoshg‘ardagi bolalar bog‘chasiga kelgan kommunistik partiya mutasaddisi Chen Syuango o‘qituvchilarga “bolalarga partiyani va vatanni sevishni” o‘rgatishni buyurgan. Shubhasiz, bunday qarashlar maktab-internatlarda ham singdirilmoqda.

Ayni paytda Xitoyga xalqaro bosim asta-sekin o‘sib bormoqda, G‘arbdagi taniqli nashrlar Xitoyda inson huquqlari ommaviy ravishda buzilayotgani haqida maqolalar bosib chiqarmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Xitoy yosh musulmonlarni internatlar orqali dinidan uzoqlashtiryapti”