
«Rossii 24» va «Perviy kanal» o‘zlarining YouTube-kanallarida Vladimir Putinning yangi yil murojaati ostida nechta layk va dizlayk bosilganini ko‘rish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Bunga «Dojd» e’tibor qaratdi.
Roliklar ostida «yoqdi» va «yoqmadi» tugmalari joylashgan, ammo ularning soni YouTube foydalanuvchilaridan yashirib qo‘yilgan.
TJ saytining tekshiruviga ko‘ra, «Rossiya» telekanalining YouTube-kanalida ham hisoblagich va izoh qoldirish funksiyasi o‘chirib qo‘yilgan.
«Perviy» va VGTRK («Rossiya» va «Rossiya 24») nima uchun bunday qarorga kelganiga rasman izoh bermadi. NTV yangi yil murojaati ostidagi hisoblagichni ochiq qoldirgan va murojaat 4,6 mingta layk va 18 mingta dizlayk to‘plagan. Shu bilan birga, NTV ham yuqoridagi kanallar kabi izoh qoldirish funksiyasini o‘chirib qo‘ygan.
Murojaat ostidagi hisoblagich va izoh qoldirish funksiyasini o‘chirmagan OAV ham bor. Masalan, RT har ikki funksiyani ochiq qoldirgan —3,2 ming layk va 2,9 ming dizlayk yig‘ilgan. Sputnik esa 2,2 mingta layk va 5,8 mingta dizlayk to‘plagan.
Rossiya TelekanallariYouTube MurojaatiLayk DizlaykOAV StatistikasiNTV KanalRT Kanal O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar