date
views 2 218

Olmaota yaqinida qulagan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchisi medal bilan taqdirlandi

Olmaota yaqinida qulagan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchisi medal bilan taqdirlandi
Foto: EPA
Olmaota yaqinida qulagan Bek Air aviakompaniyasi yo‘lovchisi Temirlan Kadauov «Favquloddagi vaziyatlarda jasorati uchun» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda shahar politsiya departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

23 yashar Kadauovga mukofotni shahar politsiyasi rahbari Serik Kudebayev topshirdi.
«Yosh yigit halokat yuz bergan payt yonida o‘tirgan homilador ayolni tanasi bilan to‘sdi. Shuningdek, o‘zi jarohat olganiga qaramay, favqulodda xizmatlar kelgunga qadar boshqa yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishda yordam berdi», — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaota yaqinida qulagan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchisi medal bilan taqdirlandi