date
views 2 282

Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi

Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
Sobiq AQSH davlat kotibi Xillari Klinton besh yil muddatga Buyuk Britaniyaning Belfast shahridagi Kvins universiteti faxriy rektori bo‘ldi. Bu haqda universitet saytida xabar berildi.

"Sobiq AQSH davlat kotibi Xillari Klinton 2020 yil 1 yanvardan besh yil muddatga Belfastdagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Universitet prorektori Stiven Prenterning so‘zlariga ko‘ra, Klinton Shimoliy Irlandiya uchun "sezilarli hissa" qo‘shgan va universitet manfaatlarining ajoyib himoyachisi bo‘ladi.

Klinton o‘z navbatida bu lavozim uning uchun ulkan faxr ekanligini bildirdi. U 2018 yil oktabrda ushbu universitetning faxriy doktori darajasini olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi