Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb topildi. Bu haqda mazkur reytingni tuzgan AirlineRatings.com portali xabar berdi.
Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Tayvanning EVA Air aviakompaniyalari keyigi o‘rinlarni band etdi.
Aviakompaniyalar bir nechta omillar, xususan, samolyotlarning ekspluatatsiya muddati, aviahalokatlar va jiddiy halokatlar soni, hukumat tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar, rentabelligi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi.
Eng xavfsiz aviatashuvchilar reytingining yuqori yigirmataligidan shuningdek, Etihad, Qatar Airways, Singapore Airlines, Emirates, Alaska Airlines, Cathay Pacific Airways, Virgin Australia, Hawaiian Airlines, Virgin Atlantic Airlines, TAP Portugal, SAS, Royal Jordanian, Swiss, Finnair, Lufthansa, Aer Lingus va KLM kabi aviakompaniyalar o‘rin oldi.
Bundan tashqari, portalda eng xavfsiz arzon aviatashuvchilar ro‘yxati ham berildi. Bu ro‘yxatga Air Arabia, Flybe, Frontier, HK Express, IndiGo, JetBlue, Volaris, Vueling, WestJet va Wizz aviakompaniyalari kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi