date

“Yaponkaga uylanaman...”

“Yaponkaga uylanaman...”
Ikki yilcha ilgari bir soddagina ukamizni Yaponiyaga o‘qishga jo‘natgan edik.
Shu bola bir yapon qiziga uylanib olibdi.

“Qanday qilib uylanding, ularni dini boshqa-ku, uylanaverdingmi?” desam:
- Yo‘g‘-ey, aka. Musulmon diniga o‘tkazdim. Men majbur qilmasam ham hijob o‘rayapti.

- Nahotki?!
- Nima deyapsiz, ashnaqa aka.

- Namoz ham o‘qiyaptimi?
- Bo‘lmasam-chi.. Bitta o‘g‘limizam ham bor. Unga ham musulmoncha ism qo‘ydik. Onasi hamma "eskicha"larni o‘rgatyapti.

- Ana xolooos... O‘zing namoz o‘qiyapsanmi?
- Menga sal ertaroqda aka.. Ayolim (yaponka) ham “Namoz o‘qimaysanmi, musulmonman degan eding-ku. Lekin biron marta 5 mahal namoz o‘qishingni hech ko‘rmadim” deydi.

Namoz o‘qimasa ham musulmon bo‘laveradimi deb hijolat qilyapti-da....
Sahobalar namozsiz mo‘minlikni tasavvur qila olishmagani xayolga keldi, shu onda...
Ajib...

Jamoliddin Zafar

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Yaponkaga uylanaman...”