date
views 4 296

Norvegiya poytaxtida 2019 yilda birorta ham piyoda halok bo‘lmadi

Norvegiya poytaxtida 2019 yilda birorta ham piyoda halok bo‘lmadi
TJournal saytining xabar berishicha, 2019 yilda Norvegiya poytaxti Osloda o‘lim bilan yakunlangan faqat bitta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi: mashinasi devorga borib urilgan haydovchi vafot etdi. Piyodalar yoki velosipedchilar ishtirokida esa bironta halokatli hodisa qayd etilmagan.

Norvegiya Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga qaraganda, o‘tgan yili mamlakat yo‘llarida hech bir bola nobud bo‘lmadi.
Norvegiyada so‘nggi o‘n yilliklarda yo‘l-transport hodislari qurbonlari soni muntazam ravishda pasayib bormoqda: 1970 yilda yo‘llarda 560 kishi vafot etgan va ulardan 101 nafari bolalar edi. 1985 yilda 482 kishi, 2019 yilda esa 110 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylandi.

Taxminlarga ko‘ra, shaharda tezlikning sezilarli darajada cheklanishi va Osloning markaziy qismidagi magistral yo‘llarning qisqarishi, shuningdek yo‘l qoplamasi va zamonaviy avtoulovlar jihozlari sifatining yaxshilanishi ushbu omillarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, Norvegiyada velosipedlar tobora ommalashib bormoqda.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilda yurtimizda 2126 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylangan. 2019 yil bo‘yicha ma’lumotlar hali e’lon qilingani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya poytaxtida 2019 yilda birorta ham piyoda halok bo‘lmadi