
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron amerikaliklarga yoki Qo‘shma Shtatlar ob’ektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta ob’ektga zarba berilishi haqida ogohlantirdi.
«Bu ogohlantirish bo‘lsin: agar Eron amerikaliklar yoki AQSH ob’ektlariga zarba bersa, biz Eron tomonidan uzoq yillar avval garovga olingan 52 kishini ifodalovchi Erondagi 52 ta nishonni tanladik», — deb yozgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Tramp garovga olingan 52 kishi deganda, 1979 yil AQSHning Tehrondagi elchixonasida yuz bergan hodisani nazarda tutgan. O‘shanda bir guruh eronliklar AQSH elchixonasidagi o‘nlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba’zilarini tezda ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan, biroq 52 kishi 1981 yilga kelibgina ozod qilingan.
AQSH prezidenti aniq nishonlarni keltirmagan, ammo uning aytishicha, tanlangan ayrim ob’ektlar Eron hamda uning madaniyati uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.
«Biz bu nishonlarga, Eronga tez va juda kuchli zarba beramiz. AQSH boshqa tahdidlarni eshitishni istamaydi!», deya qo‘shimcha qilgan Tramp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar