
Xitoyning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligiga chalinganlarning soni 59 nafarga yetdi. Ulardan yetti kishining ahvoli og‘ir, deyiladi mahalliy sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotida.
Aytish joizki, shaharda dekabrning oxirida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan.
3 yanvar holatiga ko‘ra, bu kasallikka chalinganlar 44 kishiga yetgani aytilgan. Bemorlar bilan munosabatda bo‘lgan 121 kishi shifokorlar nazoratida. Hozircha kasallikning odamdan odamga qay tariqa yuqishi aniqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar