Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoni bugungi kunda Birlashgan qirolikka 170 mlrd dollarga aylandi, London yil oxirigacha yana 90 mlrd dollar yo‘qotadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Britaniyaning “Brekzit” bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan 2016 yildan beri eng katta yo‘qotishlari 2019 yilda qayd qilindi – 82 mlrd dollar. Bloomberg Economics iqtisodchisi Den Xensonning aytishicha, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi borasidagi mavhumlik kompaniya va iste’molchilarga ta’sir qilmoqda.
Jumladan, Britaniyaning yillik iqtisodiy o‘sishi 2 foizdan 1 foizgacha kamaygan. Britaniya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar qo‘llab-quvvatlanganda hozirgidan 3 foiz ko‘proq bo‘lardi. Xensonning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi butun dunyoda qayd qilinmoqda, ammo Britaniya iqtisodiyoti “Katta yettilik” davlatlaridan ortda qolmoqda. Iqtisodchi “Brekzit” jarayoni yakunlangandan keyin ham Birlashgan qirollik iqtisodiyoti darhol tiklanmasligidan ogohlantirgan.
2016 yilda Britaniyada referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga qaror qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin