
Foto: «New Zealand Defence Force»
Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon qurbonlari soni 18 kishiga yetdi, deyiladi mamlakat politsiyasi press-relizida.
Avval 17 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, vulqon otilgandan so‘ng Avstraliyadagi shifoxonaga yetkazilgan yana bir kishi kecha kechqurun olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
«Ushbu kishining o‘limi tufayli qurbonlar soni 18 kishiga yetdi. Ulardan 16 nafari Yangi Zelandiyada, yana ikki kishi Avstraliyada hayotdan ko‘z yumishgan», — deyiladi huquq-tartibot organlari axborotida.
«RIA Novosti»ning yozishicha, 9 dekabr kuni Uayt-Aylend orolida vulqon otilgan. Ikki kishi bedarak ketganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning ko‘pchiligi nihoyatda og‘ir jarohatlanishgan, 31 kishidan 27 nafari tanasining 30 foizidan ortig‘i kuyib ketgan, ko‘pchiligining nafas yo‘llari kuyib qolgan. Politsiyaning taxminiga ko‘ra, orolda hech kim tirik qolmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar