date
views 3 034

Qozog‘istonda tadbirkorlar uch yilga soliqdan ozod etildi

Qozog‘istonda tadbirkorlar uch yilga soliqdan ozod etildi
Qozog‘istonda tadbirkorlar uch yilga soliqdan ozod etildi. Bu haqda Kazinform Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmatiga iqtibosan xabar qildi.

O‘tgan yil oxirida Qozog‘iston Prezidenti mikro va kichik biznesni uch yil muddatga daromad solig‘idan ozod qiluvchi Qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvargacha birqator soliq to‘lovchilar soliqdan ozod qilindi.

Qonunchilikka muvofiq, mikro biznes - bu ishchilari soni 15 nafardan va yillik daromadi 30 ming oylik hisob ko‘rsatgichidan (79 mln tg - 1,99 mlrd so‘m) oshmaydigan xususiy tadbirkorlar, kichik biznes – bu ishchilari soni 100 nafardan va yillik daromadi 300 ming OHK (795 mln tg - 20 mlrd so‘m) oshmaydigan yuridik shaxslardir.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ayrim turdagi soliq to‘lovchilar soliqlardan ozod qilinmaydi, ular:
1) giyohvand moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat olib boruvchi;
2) aksizlanuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va (yoki) ularni ulgurji sotuvda sotuvchi;
3) don qabul qilish punktlarida don saqlash bilan shug‘ullanadigan;
4) lotereya o‘yini o‘tkazadigan;
5) o‘yin biznesi bilan shug‘ullanadigan;
6) radioaktiv materiallar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat olib boruvchi;
7) bank faoliyatini (yoki ayrim turdagi bank operatsiyalari) va sug‘urta bozorida faoliyat (sug‘urta agenti faoliyatidan tashqari) olib boruvchi;
8) auditor xizmatini ko‘rsatuvchi;
9) qimmat qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat olib boruvchi;
10) kredit byurolar;
11) soqchilik xizmatini ko‘rsatuvchi;
12) fuqaro va xizmat quroli hamda ularning patronlari muomalasi bilan bog‘liq faoliyat olib boruvchi;
13) yer osti boyliklaridan foydalanuvchi, jumladan oltin qidirish bilan shug‘ullanuvchi;
14) foydali qazilmalar sotish, jumladan treyderlir xizmatini ko‘rsatuvchi;
15) benzin, dizel yoqilg‘isi va mazut kabi neft mahsulotlarining alohida turlarini chakana savdoda sotuvchi;
16) tashqi iqtisodiy faoliyat olib boruvchi sub’ektlardir.

«Jami 1,2 mln mikro va kichik tadbirkorlik sub’ektlari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu biznes vakillari uch yil ichida 380 mlrd tg (9,5 trln) mablag‘ iqtisod qilishiga sharoit yaratadi», - deyilgan xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda tadbirkorlar uch yilga soliqdan ozod etildi