
Foto: LETA
Vulqon otilishidan dahshatliroq hodisa bo‘lmasa kerak. Masalan, vulqon otilishi bilan birga o‘nlab chaqmoqlar tushishi kuzatilsa vaziyat yanada murakkablashadi. 12 yanvarda Filippinda Taal vulqoni otilishi bilan birga (dunyodagi eng kichik vulqonlardan biri — 311 metr maydonga ega) kuchli momaqaldiroq hamda chaqmoq ham unga hamrohlik qildi, mahalliy aholi ushbu holatni suratga va tasvirga tushirib olgan. Ayrim kadrlar Godzilla haqidagi filmlar, shuningdek Zevs va Aid urushini eslatib yuboradi. Bu haqda Meduza"ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Chaqmoq tuman tutunlari orasiga kelib uriladi va Filippinda kutilmaganda uyg‘ongan Taal vulqonining effektini yanada kuchaytiradi»
Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti (Phivolcs) tabiiy ofat oqibatida mamlakatda to‘rtinchi xavflilik darajasi e’lon qilgan.
Lightning streaks through a column of smoke and ash as the Taal Volcano suddenly rumbled back to life in the Philippines. https://t.co/EgH8aACp1o pic.twitter.com/u5bQ96tZ1e
— ABC News (@ABC) January 13, 2020
Vulqon atrofida yashovchi 80 ming nafar aholi evakuatsiya qilingan, Batangas viloyati hududi butunlay vayron bo‘lgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borasida ma’lumot berilmagan.

Foto: LETA

Foto: LETA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar