Foto: Reuters
SpaceX kompaniyasining birinchi koinot sayyohi bo‘lishi kutilayotgan yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tanishuv va tanlov Abema.TV striming servisidagi realiti-shouda bo‘lib o‘tadi. Buning uchun kasting ham e’lon qilingan. 17 yanvarga qadar realiti-shou saytida yoshi 20 dan katta bo‘lgan xohlovchilardan talabnomalar qabul qilinadi.
Qatnashchilar tanlovi 25—26 yanvarga mo‘ljallangan, fevral o‘rtalarida turkum uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, mart oxirida esa milliarder uzil-kesil qaror qabul qiladi.
«Yetarlicha pul, obro‘ va nufuzga ega bo‘ldim. Biroq endi hammasini qaytadan boshlayman. Hozir 44 ga kirdim va o‘zimni yolg‘iz his etmoqdaman. Shu bois suyukli ayol hamrohim bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylay boshladim», — deydi Maedzava.
Starship kemasidagi parvoz 2023 yilga mo‘ljallangan. Kema Oyga 200 kilometr masofagacha yaqinlashishi va shundan so‘ng Yerga qaytishi ko‘zda tutilmoqda.
Maedzava bilan birgalikda yana 6—8 nafar san’at namoyandalari ham uchadi. Mol-mulki 2 milliard dollarga baholanayotgan Zozotown onlayn-do‘koni asoschisi ularning missiyasidagi ishtirokini to‘lab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?