
Foto: Mos.ru
Rossiyada muhojirlarni ish bilan ta’minlash tartibi soddalashtirilishi mumkin. «Izvestiya» nashriga ko‘ra, bunday ishchilarni jalb qiladigan korxonalarni rejali tekshiruvlardan ozod qilish taklif etilmoqda.
Tegishli qonun loyihasi Davlat dumasiga 2020 yil kuzida taqdim etilishi kutilmoqda. Hukumatning fikricha, bu chora mamlakat iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi va «tartibga soluvchi gilotina» parametrlariga mos keladi.
«Rossiya tayanchlari» rahbari Aleksandr Kalininning ma’lum qilishicha, keyingi o‘n yil ichida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni pasayishi mumkin, mamlakat esa hozirning o‘zida ishchilarga muhtoj. «Tabiiyki, biznes bu joylarni muhojirlar hisobiga to‘ldirishga harakat qilmoqda. Ammo bugun ularning Rossiya Federatsiyasida ishlashi uchun jiddiy qiyinchiliklar mavjud», - deya tushuntirdi u.
Xuddi shu pozitsiyani «Yagona Rossiya» fraksiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Andrey Isayev ham yoqlab chiqdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusni baholashdan oldin, qonun loyihasining ishlab chiqilgan matni bilan tanishish kerak. «Tekshirishlarni qisqartirish mumkin, ammo noqonuniy muhojirlar mehnatiga to‘sqinlik qiladigan mexanizmlar paydo bo‘lishi kerak», - dedi parlamentariy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar