Foto: Reuters
AQSH va Xitoy savdo nizolarini hal qilishning birinchi bosqichi to‘g‘risida bitim imzoladi, deb xabar beradi Reuters'ga tayanib Daryo.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan hujjat imzolash marosimida AQSH prezidenti Donald Tramp va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe ishtirok etdi. Bitimda AQSHdan Xitoyga amalga oshiriladigan importni ikki yil davomida 200 milliard dollarga oshirish, shuningdek, Xitoy tovarlari uchun Amerikaning ayrim bojlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Hujjatni imzolash vaqtida Tramp «yaqin kelajakda» Xitoyga tashrif buyurish niyatida ekanligini ham bildirib o‘tgan.
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo mojarolari so‘nggi ikki yildan buyon davom etmoqda. Bunga Tramp Xitoy tovarlariga boj joriy etgani sabab bo‘lgandi — Pekin ham shunday yo‘l tutib, Amerika tovarlariga boj joriy etgan.
Vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar 2018 yilda boshlangan, biroq 2019 yilning yozida Trampning tashabbusi bilan to‘xtatib qoyilgan edi. Dekabr oyida esa tomonlar yana kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi