
Rossiyaning Orenburg shahrida, yo‘l chekkasida turgan Qashqadaryo viloyatiga tegishli egasiz mashina topildi. Bu haqda Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri post qilib qoldirgan va:
“Ushbu suratni ko‘proq tarqatinglar, balki taniydiganlar chiqib qolar”, deya ko‘mak so‘ragan xabar egasi.
Vaziyatga ayni paytda tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli izoh va tahminlar berilmoqda. Xususan:
“Mashina buzilgan bo‘lsa tashlab ketgandir”.
“Xudo biladi, nima bulganini. Ishkilib yaxshilik bulsin. Bola chakasini oldiga esan omon kaytsin, kim bulsayam”.
“Avariya bugan, bu kottaro moshinani orkasiga urvagan ken sovuk yeb komagin dib yakinro shaxarda obketishgan. Usta gaplashib obketadi evakuatorda! Darrov vaxima kvarmela eeee odamla”.
“Kashkadaryo YXXBga xabar kilinsa bazadan kimga tegishliligini aniklaydi. Muammomas agar yordam kilmokchi bulsangiz IIV saytiga yuboring...”
“Bunaka xolat yullarda juda kup uchrayapti,kishda ayniksa xattoki furalar kop ketyapti”
“Biror mashinaga minib ketgan bulsa tashlab ketilgan mashina ichkari kismidagi oynalarga "zapiska" yezib ketmaydimi...”
“Xozir gaplashdim xammasi joyida ekan”, kabi munosabatlar berilgan.
Vaziyat bo‘yicha aniq ma’lumotlar topishga biz ham harakat qilamiz.
Ma’lumot uchun: ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining izohlari o‘zgartirishsiz va tahrirsiz berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar