Hindistonda 6,5 kilometrlik tort pishirildi

Foto: AFP
Hindistonlik qandolatchilar jahon rekordi o‘rnatish maqsadida 6,5 kilometrlik vanil tort pishirishdi. Tortning eni bor-yo‘g‘i 10 smni tashkil qilgan. U ochiq havoda bir necha ming stol ustiga joylashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ulkan shirinlikni tayyorlash ustida 4 soat davomida 1500 qandolatchi ishlagan. Tortni tayyorlash uchun 12 tonna un va shakar talab etilgan.
Ginness rekordlar kitobi qo‘mitasi tortning rekord kattalikda ekanini tasdiqlasa, u xitoylik qandolatchilar o‘rnatgan avvalgi rekordni ortda qoldiradi. Xitoyliklar 2018 yilda 3,2 kmlik mevali pirog pishirishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hindistonlik qandolatchilar jahon rekordi o‘rnatish maqsadida 6,5 kilometrlik vanil tort pishirishdi. Tortning eni bor-yo‘g‘i 10 smni tashkil qilgan. U ochiq havoda bir necha ming stol ustiga joylashtirilgan.

Izohlar 0
…