Foto: Getty Images
SpaceX kompaniyasi asoschisi, milliarder Ilon Mask 2050 yilda Marsda aholisi 1 mln kishini tashkil etuvchi shahar qurish rejasi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Business Insider va Daily Mail nashrlari xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SpaceX yaqin o‘n yil davomida ming dona ko‘p marta foydalaniladigan Dragon Crew kosmik kemalarini quradi (yiliga 100 donadan). Maskning qayd etishicha, Marsga kuniga o‘rtacha uchtadan kema jo‘natiladi.
«Istagan odam Marsga uchadigan qilishimiz kerak. Agarda xohish bo‘lsayu, pul bo‘lmasa, kredit olish imkoniyatini taqdim etish lozim», — dedi u.
Kema bortiga bir vaqtning o‘zida 100 nafargacha yo‘lovchi olishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Marsni o‘zlashtirish uchun yiliga tonnalab qurilish materiallari, oziq-ovqat, suv kerak bo‘ladi. Jami mingta kosmik kema Marsga yiliga 100 tonnaga yaqin yukni olib chiqishi mumkin, dedi Mask.
Yo‘lovchilar Marsga sayyora yerga eng yaqin masofada bo‘lganida jo‘natiladi. Mask har 26 oyda bir marta ushbu sayyoraga 100 mingga yaqin kishini jo‘natishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi