Foto: AR/TASS
Britaniya shahzodasi Harri Kanadaga - turmush o‘rtog‘i Megan Markl va o‘g‘li Archining yoniga keldi, deb xabar berdi Sky News telekanali.
Telekanal e’lon qilgan videoyozuvda Harrining Vankuver orolidagi aeroportda samolyot trapidan tushayotgani va avtomobilga o‘tirayotgani tasvirlangan. Shahzoda Harri oilasi bilan Kanadada yashashi kutilmoqda.
Avvalroq Bukingem saroyi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablag‘larini olmasligini e’lon qilgandi.
Bu shuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boshlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bo‘lib qoladi, shahzoda Harri tug‘ilishida meros qolgan unvonini saqlab qoladi.
Harri va Megan shuningdek, Vindzordagi uyni ta’mirlash uchun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi