13:27 / 23.01.2020
3 135

Putin: «Xuddi Singapurdagidek ustoz bo‘lishimni xohlayapsizmi?» (video)

Putin: «Xuddi Singapurdagidek ustoz bo‘lishimni xohlayapsizmi?» (video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda prezidentning «ustozi» paydo bo‘lishi ehtimolini salbiy baholadi. Bu haqda u Sochida talabalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabasi 2024 yilda Putin prezidentlikdan ketgach, «davlat faoliyatini muvofiqlashtirish» bo‘yicha «biror-bir maxsus organlar»ni yaratish ehtimolligi haqida savol bergan. Bunga javoban Putin: «Xuddi Singapurdagidekmi? U yerda Li Kuan Yu prezidentning ustozi bo‘lgan. Men ham ustoz bo‘lishimni so‘ramoqchimisiz?».

Putinning fikricha, hukumatning bu kabi tuzilmasi prezident institutiga putur yetkazadi. «Boshqa mamlakatlarda vaziyat turlicha, ularning tarixi, madaniyati boshqacha. Bizda prezident ustida biror institutning paydo bo‘lishi ikkita hokimiyatni bildiradi — bu esa Rossiya kabi mamlakat uchun mutlaqo halokatli vaziyat», — deydi Putin.

20 yanvar kuni Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritdi. Ular, xususan, vakolatlarning bir qismini prezidentdan parlamentga o‘tkazishni va Davlat kengashi rolini kuchaytirishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: «Xuddi Singapurdagidek ustoz bo‘lishimni xohlayapsizmi?» (video)