
Anadolu agentligi Turkiyadagi zilzila oqibatlari tasvirlangan videolavhalarni e’lon qildi. Lavhada Elyazig‘ shahridagi qulab tushgan uy aks etgan. Agentlikning xabar berishicha, aksariyat oilalar tunni ko‘chada o‘tkazgan.
Turkiyaning sharqida kuchli zilzila yuz berishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.
Depremden etkilenen bazı Elazığlılar geceyi spor salonunda geçirdi https://t.co/ICbYh4idu9 pic.twitter.com/IwdlSpsFlo
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) January 25, 2020
Eslatib o‘tamiz, 6,8 balli zilzila Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida 24 yanvar soat 20:55 da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 10 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 700ga yaqin kishi jarohatlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar