2 870
TIV: Xitoy chet el fuqarolarini karantin e’lon qilingan shaharlardan evakuatsiya qilishga ruxsat bermayapti
O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 25 yanvar holatiga ko‘ra, koronavirusli pnevmoniyadan vafot etganlar soni 41 nafarga, kasallanganlar esa 1287 nafarga yetdi, yana 1965 kishi kasallangan degan gumon bilan shifokorlar nazoratida. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Ushbu virusning yanada tarqalishini oldini olish maqsadida Xubey provinsiyasining Uxan shahri va boshqa 12 ta shaharlari karantin uchun yopildi. Mahalliy hokimiyat gavjum joylarda virus yuqishi xavfining yuqoriligini inobatga olib sanitariya tadbirlari davomida tashqariga chiqmaslikni maslahat bermoqda.
Karantin e’lon qilinishi munosabati bilan tegishli hokimiyat organlari Xitoyda akkreditatsiya qilingan xorijiy mamlakatlarning barcha diplomatik vakolatxonalariga chet el fuqarolarini karantin e’lon qilingan shaharlardan evakuatsiya qilish bo‘yicha rad javobini bermoqda.
Karantin kiritilganidan so‘ng boshqa davlatning elchixonalari o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda barcha masalalarni, jumladan zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini hal qilish uchun tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Elchixona va Bosh konsulxona vakillari O‘zbekiston fuqarolari bilan doimiy muloqot o‘rnatgan, jumladan “WeChat” ijtimoiy tarmog‘ida “Uxan 2020 O‘zbekiston” va “Uzbeks in Wuhan” guruhlari ishlab turibdi.
Ayni paytda mazkur vaziyatni monitoring qilish va virusning O‘zbekiston hududida tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida shtab tashkil etildi. Xavfli hududlardan keladigan barcha fuqarolar kuzatuvga olinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242, Bobur Yahyoyev, +86 139 1175-4476, Shuhrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulug‘bekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!