
Tedros Adanom Gebreyesus
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus yangi turdagi zotiljam epidemiyasi sababli Xitoyga yo‘l oldi. Bu haqda Gebreyesusning o‘zi tvitterda ma’lum qildi.
I am on my way to Beijing, ???????? to meet with the Government & health experts supporting the #coronavirus response. My @WHO colleagues & I would like to understand the latest developments & strengthen our partnership with ???????? in providing further protection against the outbreak.
— Tedros Adhanom Ghebreyesus (@DrTedros) January 26, 2020
“Men Xitoyga ushbu davlat hukumati va koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazgani yo‘l olmoqdaman”, deb ma’lum qilgan JSST rahbari.
Gebreyesusning ta’kidlashicha, u hamkasblari kabi oxirgi voqealar rivojini bilishni va Xitoy bilan zotiljamdan himoyalanishni ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlashni istamoqda.
Ayni vaqtda Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 2 mingdan oshdi, 57 kishi uning qurboniga aylandi.
JSST koronavirus tarqalishini Xitoy uchun milliy darajadagi favqulodda vaziyat deb tan olgan, biroq hozircha xalqaro favqulodda vaziyat deb e’lon qilishga qaror qilmayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar