Foto: EPA/Vostock-photo
Koronavirus epidemiyasi sababli besh milliondan ortiq kishi Xitoyning Uxan shahrini tark etdi.
«Oy taqvimi bo‘yicha yangi yil bayrami va epidemiya tufayli 5 milliondan ortiq odam Uxandan chiqib ketdi», – dedi shahar hokimi. – «Shaharda 9 million kishi qoldi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilingan 2209 kishi saqlanmoqda, ularning 643 nafarida isitma kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoy ma’murlari Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgandi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi – 2019-nCoV ekanligi aniqlangandi.
Ushbu virus bilan kasallanganlik holati Xitoydan tashqari Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada ham qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...