Foto: «Reuters»
Brexit bilan bog‘liq mujmallik qayd etilgan yillar davomida Londondan butun dunyo moliyachilari yuz o‘girishdi. 2018 yildan buyon Buyuk Britaniya poytaxtini asosiy moliya markazi deb hisoblovchilar soni 53 foizdan 33 foizga qisqardi. Bu haqda «Guardian»ga tayanib «Xabar» nashri ma’lum qildi.
Uning o‘rnini Nyu-York egalladi — 2020 yilda so‘rovnoma ishtirokchilarining 56 foizi uni dunyoning moliyaviy poytaxti deb hisoblaydi.
Tadqiqot doirasida ushbu savolga bank sohasi, moliyaviy kompaniyalar va aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalardan 245 nafar top-menejerlar javob berishgan.
Analitiklarning fikricha, London oldingi mavqeini tiklay olmaydi, biroq Nyu-Yorkning mavqei ham yomonlashadi. Kelgusi besh yil davomida ular Gonkong, Singapur va Shanxayning imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda. Londonning istiqboliga so‘rovnoma ishtirokchilarining atigi 22 foizi ishonch bildirmoqda. Biroq Yevropada uning mavqeiga hech kim yetolmaydi, deb hisoblaydi respondentlar.
Britaniya poytaxti uchun vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri normativ-huquqiy bazani yaxshilash hisoblanadi. Shunda moliyaviy sektor yangi iste’dodlarni jalb qiladi va Londonning mavqei tiklanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi