
Foto: «Thesun.co.uk»
Yangi koronavirus tipi chaqirgan zotiljamni davolash uchun bir hafta, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta kerak bo‘ladi. Shu bois shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat etilayotgan bemorlar soni ko‘paymoqda, deydi XXRning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspert guruhi a’zosi Li Sinvan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qiladi.
«Ayni vaqtda kasallikning yengil alomatlari bo‘lgan bemorlar taxminan bir haftada tiklanmoqda. Og‘irroq alomatlari bo‘lgan bemorlarning tiklanishiga esa ikki hafta yoki undan ham ko‘proq vaqt kerak bo‘lyapti. Shu bois vaqt o‘tishi bilan shifoxonadan chiqqanlar soni ko‘payishiga ishonamiz», deydi brifingda Li Sinvan.
Uning aniqlashicha, bemor shifoxonani tark etishi uchun kasallikning klinik alomatlari o‘tib ketishi, tana harorati me’yorlashishi, virusli nuklein kislotaga tahlil esa ikki karra tegishli natijani ko‘rsatishi zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing