15:20 / 28.01.2020
3 445

Amerika harbiylari Afg‘onistonda o‘z samolyoti qulaganini tasdiqladi

Amerika harbiylari Afg‘onistonda o‘z samolyoti qulaganini tasdiqladi
Afg‘onistonning G‘azni viloyatida qulagan samolyot haqiqatan ham AQSHga tegishli. Bu haqda Afg‘onistonning Amerikadagi kontingenti vakili Sonni Ledjett Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ledjett «Tolibon»ning: «Samolyotni biz urib tushrdik», degan bayonotini yolg‘on deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda aviahalokat sabablarini aniqlash ustida ish olib borilmoqda.
Ledjett aviahalokat qurbonlari sonini, shuningdek, samolyotda kimlar bo‘lganini ma’lum qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Afg‘onistonning markaziy qismida Bombardier E-11A samolyoti qulagan edi. Ariana Afghan Airlines’ning bortida 83 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyoti qulagani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika harbiylari Afg‘onistonda o‘z samolyoti qulaganini tasdiqladi