13:04 / 29.01.2020
3 760

Belarusda bir vaqtning o‘zida barcha shakar zavodlari direktorlari g‘oyib bo‘ldi

Belarusda bir vaqtning o‘zida barcha shakar zavodlari direktorlari g‘oyib bo‘ldi
Foto: Google Images
Belarusda mamlakatda ishlaydigan to‘rtta shakar zavodi direktorlari bir vaqtning o‘zida ish joylaridan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24 yanvar kuni Gorodey kombinati direktori Myunxenga yo‘l olgan samolyotdan olib qolingan. Slutskdagi shakarni qayta ishlash zavodi tomonidan ma’lum qilinishicha, zavod direktori 27 yanvar kuni «ta’til olib uchib ketgan». Skidel shakar zavodining rahbari go‘yo «Minskka ketgan». Jabinka shakar zavodi direktori esa ishda ko‘rinmay qolgan.

Nashrning yozishicha, direktorlar Davlat xavfsizlik qo‘mitasi boshchiligidagi korrupsiya ishi bo‘yicha tergov doirasida hibsga olingan. Ushbu masala yuzasidan rasmiylardan hozircha rasmiy izoh olinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «shakar ishi»da ayblanuvchi Belarus shakar kompaniyasining rahbari Dmitriy Kirilov hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda bir vaqtning o‘zida barcha shakar zavodlari direktorlari g‘oyib bo‘ldi