Foto: Xinhua
Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishiga, virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.
Mamlakat sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Tibetda ham birinchi marta kasallanish holati qayd etildi. Tibet Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya holatlari ilgari qayd etilmagan oxirgi hudud edi.
Avvalroq koronavirusni yuqtirib olganlar soni 5974 kishiga yetgani, vafot etganlar soni esa 132 kishini tashkil qilgani xabar berilgan edi.
Kun davomida hukumat yana 1737 ta yangi kasallanish holati, shuningdek, 38 kishi (37 kishi Xubey, 1 nafari Sinchuan provinsiyasidan) vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot olgan. Shu vaqt davomida 124 kishiga kasalxonadan ruxsat berilgan.
Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda, xususan, Germaniyada ham xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi